Rossiya rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuv
23.03.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida Rossiya Federatsiyasining Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar boshqarmasi maslahatchisi Dmitriy Fatixov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.

Tomonlar raqamli texnologiyalar zamonida ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik yuzasidan muzokara olib bordilar va ommaviy axborot vositalari, jumladan, teleradioeshttirish sohasining turli yo‘nalishlaridagi rivojlanish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, mamlakat media industriyasining eng yirik vakillardan biri sifatida, zamonaviy raqamli texnologiyalar sharoitida media sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Tomonlar Rossiya telekanallari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq