O‘zbekistonda Ayollarning texnologik tadbirkorlik haftaligi o‘tkaziladi
23.03.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 23-28-mart kunlari O‘zbekistonning bir qator shaharlarida mamlakatimizda ikkinchi bor tashkil etilayotgan hamda qizlar uchun mo‘ljallangan «Technovation Uzbekistan» yirik texnologik dasturi doirasida Ayollarning texnologik tadbirkorlik haftaligi o‘tkaziladi.

«Women Technology and Innovation Week» tadbirida Kremniy vodiysi va Markaziy Osiyoning AT va texnologik tadbirkorlik sohasidagi yetakchi mutaxassislar: Kaliforniyadan «TechWomen va Technovation» xalqaro dasturlarning mentor va sudyasi Rekxa Pay, «Technovation Kazakhstan»ning mintaqaviy elchisi va tashabbuskori Diana Soy, Qozog‘istondagi boshlang‘ich startap-loyihalar bo‘yicha ekspert Baxtigul Qosimovalar ishtirok etishadi.

Haftalik tadbirlarida STEM va digital-tadbirkorlik sohalarida karera qilayotgan mahalliy ekspert ayollar ham ishtirok etishadi. Ular orasida Bioorganik kimyo instituti direktori o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori Shahlo Turdiqulova, PR-ekspert Rezida Erdman, «Beeline Uzbekistan»ning digital-marketing bo‘yicha katta menejeri Dilafruz Jiyranovalar ham bor.

Seminarlar mavzusi texnologik startaplar, ijtimoiy tadbirkorlik, mentorlar va karera tanlovi sohasini qamrab oladi.

Alohida bo‘lim ayollarning biznes va fan sohasidagi faoliyatiga bag‘ishlangan.

Biznes-loyihalar, taqdimotga tayyorgarlik, «Technovation-2018» qatnashchilari uchun individual va amaliy sessiyalar bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi. Jamoalar va mentorlar eng ilg‘or xorijiy amaliyotlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishadi. Tadbir davomida jamoalarning Yuqori texnologiyalar markaziga sayohat uyushtirishi uchun bir kun vaqt ajratish rejalashtirilgan.

Haftalikning seminarlari va mahorat-darslari Toshkent (23-25-mart, TATU, Yuqori texnologiyalar markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti)da, Urganch (26-mart) va Xiva (27-mart)da bo‘lib o‘tadi.

Haftalikning barcha tadbirlari «Technovation Uzbekistan-2017/2018» dasturining ishtirokchilari va mentorlari uchun mo‘ljallangan. Barcha xohlovchilar uchun sessiya 2018-yilning 25-mart kuni bahorgi «Startup Mix» konferensiyasi shaklida o‘tkaziladi.

«Women Technology & Innovation Week» tashkilotchilari Haftalikni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun hamkorlarga minnatdorlik bildiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq