Suv resurslarini barqaror boshqarishdagi yangi innovatsion yondashuvlar
22.03.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutida Butunjahon suv kunini nishonlash doirasida o’tkazilgan tadbirlarda O’zbekistonning 5ta oliy ta’lim muassasasidan 150dan ortiq talaba va professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Ushbu tadbirlar fotosuratlar ko’rgazmasini, bahs-munozaralarni, video tanlovlarni, mutoyiba munozaralarini va innovatsion suv texnologiyalari ko’rgazmasi o’z ichiga oldi.

Butunjahon suv kuni har yili 22 mart kuni nishonlanadi. 2018 yilgi Butunjahon suv kuni mavzusi «Tabiat suv uchun» — 21-asrda yuzaga kelgan suv muammolarining yechimini topishda tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq masalalarning rolini o’rganish. Zarar ko’rgan ekotizimlar inson iste’moli uchun muljallangan suvning miqdori va sifatiga ta’sir qiladi. Bugungi kunda 2.1 milliard inson uy sharoitida xavfsiz ichimlik suvisiz yashaydi, bu esa ularning sog’lig’iga, ta’lim olishiga va yashashiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Mintaqadagi eng yirik va eng keng sug’oriladigan maydoniga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi bugungi kunga kelib sug’orish va ichimlik ehtiyojlari uchun mo’ljallangan daryo va ko’llarning chuchuk suv resurslariga bog’liq bo’lib qolgan. Suv insonlarning ijtimoiy va iqtisodiy farovonligi va eng muhim bo’lgan ekotizimlarning hayotiy faoliyati uchun tabiiy boyliklaridan biri hisoblanadi.

Talabalar tomonidan namoyish etilgan 15dan ortiq ko’rgazmali loyihalar o’z ichiga suv resurslarini samarali va barqaror boshqarish hamda suvni tejash texnologiyalari bo’yicha innovatsion g’oyalarni kiritdi. Turli viloyatlardan ishtirok etgan 17 talabalar jamoalari O’zbekistonda suv resurslaridan barqaror va oqilona foydalanish bo’yicha ijtimoiy ahamiyat ega bo’lgan video taqdimotlarini havola etish orqali bir-birlari bilan raqobatlashdilar.

Tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Yevropa Ittifoqining «O’zbekistonning qishloq hudularida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan «Texnik salohiyatni mustahkamlash» qo’shma loyihasi tomonidan tashkil etildi.

Barqaror rivojlanish maqsadi 6 butundunyo mamlakatlarini 2030 yilga kelib har bir inson xavfsiz suvdan foydalana olishini ta’minlashga va atrof-muhitni muhofaza qilish va ifloslanishni kamaytirishga qaratilgan maqsadlarni o’z ichiga olishga chaqiradi.

International World Water Day is held annually on 22 March. The theme for World Water Day 2018 is ‘Nature for Water’ – exploring nature-based solutions to the water challenges we face in the 21st century. Damaged ecosystems affect the quantity and quality of water available for human consumption. Today, 2.1 billion people live without safe drinking water at home; affecting their health, education and livelihoods.

Uzbekistan, having the largest population and the most extensive irrigated area in the region, is completely dependent on the availability of fresh water resources of rivers and lakes for irrigation and drinking needs. From time immemorial, water has been and remains the main natural resource for the social and economic well-being of the population and the vital activity of the most important ecosystems.

More than 15 demonstrative projects by students included innovative ideas on effective and efficient management of water resources and water saving technologies. 17 student teams from different regions competed each other by presenting socially important videos on sustainable and rational use of water resources in Uzbekistan.

The events were organized by the Ministry of Water Resources of the Republic of Uzbekistan, Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers and the United Nations Development Programme in the frame of the joint project «Technical capacity building» of the EU Programme «Sustainable Management of Water Resources in Rural Areas in Uzbekistan».

Sustainable Development Goal 6 commits the world to ensuring that everyone has access to safe water by 2030, and includes targets on protecting the natural environment and reducing pollution.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq