TATUda viloyatlar kesimida soha korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
17.03.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida universitet rahbariyati tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddi vakillari bilan universitetni bitiruvchi talabalarining uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlar doirasida Buxoro va Navoiy viloyatidagi soha korxonalari mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda O‘zbektelekom AK Buxoro filiali direktori H.Turdiyev, O‘zbektelekom AK Telekommunikatsiya transport tarmog‘i filiali direktor o‘rinbosari N.Nasritdinov, O‘zbektelekom AK Buxoro filiali Personal bilan ishlash boshqarmasi kadrlar bo‘yicha oliy toifali inspektori I.Xasanov, O‘zbektelekom AK Navoiy filiali Elektromagnit moslashuv markazidan T.Xidoyatov, O‘zbektelekom AK Navoiy filiali Tijorat direktori A.Zufarov, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filiali Sh.Usmonov, “Sarkor Telekom” qo‘shma korxonasi Bosh direktor maslahatchisi U.Domlajanov lar ishtirok etdilar.

Tadbirda yuqorida ta’kidlab o’tilgan tashkilot mutasaddilari tomonidan mavjud bo’sh ish o’rinlari, qanday yangiliklar amalga oshirilayotgani hamda ushbu tashkilotlar to’g’risida qisqacha ma’lumotlar berib o’tildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq