O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi zamonaviy sudlar faoliyatiga doir monografiya bilan boyidi
17.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va bu sohadagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirishning dolzarb muammolari” deb nomlangan monografiya bilan boyidi.

Mazkur monografiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi fan va texnologiyalar agentligi tomonidan e’lon qilingan va Yuristlar malakasini oshirish markazida amalga oshirilayotgan amaliy tadqiqot ishi doirasida tayyorlangan.

M.Tillaboev, O.Okyulov va M.Mamasiddiqovlar mualliflik guruhi tomonidan tuzilgan monografiyada sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati, sudlarga elektron shaklda murojaat etish bo‘yicha xorijiy tajriba, sud xokimiyati faoliyatining ochiq va oshkoraligini ta’minlashning qiyosiy-huquqiy tahlili, xorijiy davlatlar fuqarolik protsessida elektron dalillar va ulardan foydalanish masalalari, buyruq tartibida ish yuritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish, sudyalar o‘rtasida ishlarni avtomatik taqsimlash tartibini joriy etish va uning huquqiy asoslari bilan bog‘liq masalalar o‘rin olgan.

Mazkur monografiya professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitishning interfaol usullaridan foydalangan holda qiziqarli o‘tkazishiga ko‘maklashadi. Undan sudyalar, prokuratura xodimlari, advokatlar, yuridik xizmat xodimlari, tadqiqotchilar hamda huquqshunoslik sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq