Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2017-yil yakunlari bo‘yicha axborot xavfsizligi holati mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari
17.03.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yil 16-mart kuni Aloqa tarixi muzeyida “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2017-yil yakunlari bo‘yicha axborot xavfsizligi holati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi tomonidan an’anaviy ravishda har yili o‘tkazib kelinadi.

Ushbu ilmiy-amaliy seminarda Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodimlari, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi mutaxassislari, tegishli vazirlik va tashkilot vakillari, sohada faoliyat yurituvchi ko‘plab ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, respublikamiz oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Respublika ilmiy-amaliy seminarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz va dunyo miqiyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasiga yanada ko‘proq e’tibor qaratishdan iborat. Shuningdek, mazkur yo‘nalishning o‘ta dolzarbligi inobatga olinib, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish, kelgusida ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda yangicha yondashuvlar, mexanizmlar xususida o‘zaro fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda yurtimizda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga davlat darajasida alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, axborot xavfsizligi sohasida ishlab chiqilayotgan va takomillashtirilayotgan qonunlar va qonunosti hujjatlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ushbu jarayonda shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari mamlakatning ustuvor strategik va umummilliy vazifasi hisoblanib, davlat va jamiyat tomonidan o‘zaro mushtarak, birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirilishini talab etadi. Vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar, biznes tuzilmalarining axborot xavfsizligini ta’minlash, mamlakatimizning milliy manfaatlariga xizmat qilish demakdir. Bu, ayniqsa, milliy xavfsizlikka tahdidlar axborot makoni va muhiti orqali amalga oshirilayotgan bir pallada yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Axborot xavfsizligi – keng ko‘lamli va ko‘p qirrali muammodir. Axborotni himoya qilish bilan chegaralanib qolmay, uni nimadan va qanday qilib muhofaza qilishni ham bilish zarurdir.

Seminarda doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2017-yil yakunlari bo‘yicha axborot xavfsizligi holati, “Elektron hukumat” tizimi doirasidagi axborot tizimlari va resurslarini axborot xavfsizligi hodisalari bo‘yicha monitoringi va serverlarda o‘rnatilgan dasturiy ta’minotlardagi zaifliklar to‘g‘risida avtomatik ogohlantirish tizimi kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Navbatdagi Respublika ilmiy-amaliy seminari konstruktiv hamda amaliy takliflar, bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Seminar yakunida tadbir qatnashchilari hamda omavviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq