Butunjahon radioaloqa anjumaniga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda
17.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining 2019 yilda o‘tkaziladigan Butunjahon radioaloqa anjumaniga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda.

13—15 mart kuni o‘tkazilgan Ishchi guruhining videoaloqa shaklidagi anjumanida Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining takliflari hamda nuqtai nazari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining beshinchi yig‘ilishida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistondan, shu bilan birga, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining vakillar hamda EUTELSAT kompaniyasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Muhokamalarda radiochastota polosalarini ajratish, “internet buyumlari” texnologiyasini rivojlantirish, radionavigatsion sun’iy yo’ldoshli xizmatlarni xalaqitlarsiz ishlashini ta’minlash, radiochastota biriktirishlarini o’zaro chegaradosh davlatlar bilan muvofiqlashtirish, radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mintaqaviy hamkorlik doirasida ishtirokchilar Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining 2019 yilda bo’lib o’tadigan Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining anjumanidagi dastlabki nuqtai nazari hamda ko’tarib chiqadigan masalalar, Radioreglamnet bo’yicha qo’mitaning faoliyatiga oid ma’lumotlar kelishib olinadi.

Ishchi guruh yig’ilishi yakunlari bo’yicha qabul qilingan qaror aloqa boshqaruvi faoliyati, shuningdek telekommunikatsiya operatorlari tomonindan qabul qilinadi, shuningdek Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo davlatlarning radiochastota spektrlaridan foydalanish bo’yicha huquqlarining xalqaro miqyosida himoya qilinishiga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq