Yana 58 ta kompaniyalar MUIC rezidentlari qatoriga kirdi
16.03.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

58 ta IT-kompaniyalar Mirzo Ulugbek Innovation Center ning rezidentlari qatoriga kirdi. Ularning huquqiy maqomini tasdiqlovchi guvohnomalar tashkilot rahbari tomonidan taqdim etildi.

м

Guvohnomalarni taqdim etish tadbirini Innovatsiya markazi direktori Farhod Ibragimov ochib berdi. Tashkilot rahbari rezidentlarning biznesini rivojlantirish va ularning mahsulotlari eksporti hamda xizmatlar hajmini oshirishda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ko‘mak berish yuzasidan MUIC ning bugungi kundagi vazifalari va kelgusidagi rejalari haqida ma’lumot berdi. Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha UZINFOCOM Yagona integrator hamda MUIC o‘rtasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda 262 ta kompaniyalar Mirzo Ulugbek Innovation Center ning rezidentlari hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, ijobiy o‘sish qayd etilgan, ya’ni o‘tgan yilning sentyabr oyida Markaz tashkil etilganidan so‘ng rezident maqomini olgan kompaniyalar ulushi 4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, joriy oyda esa ular yarmidan ko‘pni — 53 % ni (58 tadan 31 ta) tashkil etmoqda. Xorijiy kapital ishtirokida to‘rtta kompaniya tuzilgan bo‘lsa, o‘n bittasini esa Jizzax, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari taqdim etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Innovatsiya markazi rezidentlari maqomi IT-kompaniyalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyunda qabul qilingan “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son qarorida belgilab qo‘yilgan imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish imkonini beradi. Unga ko‘ra, rezidentlar 2028 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etilgan. MUIC rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar 7,5 foiz miqdordagi qat’iy belgilangan stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga, Pensiya jamg‘armasiga 4,5 foizli stavka bo‘yicha fuqarolarning sug‘urta badallariga tortiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq