Xorazm viloyatida mobil aloqa qamrovi ko‘ngildagidekmi?
14.03.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi mutaxassislari va radiochastota bo‘yicha nazoratni olib borishga vakolatli organ mutaxassislari tomonidan hamkorlikda Xorazm viloyatidagi mavjud 620 dan ortiq aholi yashash punktlarida, 750 kilometrdan ortiq davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomagistrallarda va 300 kilometrdan ortiq temir yo‘llarda mobil aloqa xizmatlarining sifati o‘rganildi.

O‘lchovlar tahlili, mobil aloqa xizmatlari bilan to‘liq ta’minlanmagan hududlar va uchastkalar ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlar Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga taqdim etildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, aholi yashash punktlarining 2G qamrovi “Ucell” mobil aloqa operatori tomonidan – 100%, “UZMOBILE” mobil aloqa operatori filiali CDMA tomonidan – 100%, “UMS” mobil aloqa operatori tomonidan – 90 %, “RWC” mobil aloqa operatori CDMA tomonidan – 83 foizga ta’minlangan. Bunda eng past qamrov (56 %) “Unitel” mobil aloqa operatoriga tegishli bo‘ldi.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, viloyatda telekommunikatsiya sohasining rivojiga iqtisodiy omillar, zarur infratuzilma, xususan, uzluksiz elektr energiyasiga ulanish imkoniyati yo‘qligi, avtomagistrallar, aholi yashash punktlari yaqinida optimal nuqtalar va boshqalar mavjud emasligi to‘sqinlik qilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq