Yagona ijro intizomi elektron tizimi joriy etilmoqda
12.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 20 fevralidan 1 martigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va barcha tuman hokimliklarida ijro.gov.uz Yagona ijro intizomi elektron tizimi joriy etilib, undan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlari va tryeninglar tashkil etildi.

Ishchi guruh tomonidan bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vazirlik va idoralarda mazkur axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlari va treninglar o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Treninglar “UNICON.UZ” DUK, Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi va “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Idoralararo yagona ijro intizomi elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan 2018 yil 30 martga qadar Respublikamizda Idoralararo yagona ijro intizomi elektron tizimini joriy etish belgilangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq