Irisbekova Kammuna Narinbayevna «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi
08.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi Irisbekova Kammuna Narinbayevna «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

Farmonning maqsadi — Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning ko‘p asrlik boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlashdan iborat.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq