IUT talabalari “Huawei”da ishga joylashish imkoniyatlari bilan tanishdilar
06.03.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«Huawei Tech Investment Tashkent» kompaniyasining bosh ijrochi direktori Van Pen boshchiligidagi delegatsiya kompaniya taqdimotini o‘tkazish va ishga joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Shuningdek, delegatsiya tarkibidan Xitoy kompaniyasining turli faoliyatlari uchun mas’ul bo‘lgan «Huawei Tech Investment Tashkent» menejerlari ham o‘rin olgan edi.

Janob Van Pen tadbirni ochar ekan, Toshkent shahridagi Inha universitetiga bir necha bor tashrif buyurganligini, biroq universitet talabalari bilan birinchi marotaba uchrashayotganini ta’kidladi.

«Huawei Tech Investment Tashkent» kompaniyasining rahbari tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari bozorining asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lgan “Huawei” kompaniyasining tarixi va faoliyati haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, u «Huawei» kompaniyasining O‘zbekistondagi telekommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ishtiroki haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Huawei Tech Investment Tashkent» vakillari IUT talabalariga Xitoy kompaniyasiga ishga joylashish imkoniyatlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq