Internet 1 foizga o‘sdi
06.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

VeriSign kompaniyasining so‘nggi hisobotiga muvofiq, 2017-yil ro‘yxatga olingan domenlar soni 3,1 million nomga ko‘paydi va domenlarning umumiy soniga ko‘ra 0,9(%) foizni tashkil etdi. Yil oxirida jami 332,4 mln.ta domen nomi ro‘yxatga olindi.

Shu tariqa, Internet, yangi gTLD da ro‘yxatga olish tizimi ishiga qaramay, o‘sishda davom etmoqda. Shu bilan birga, 2015 va 2016-yillarga nisbatan o‘sish sur’atlari sezilarli darajada pasaydi, domenlar soni esa 6,8 foizga o‘sdi.

2017-yil oxirida yangi gTLD domenlari soni 20,6 milliontani tashkil etdi, bu esa 2016-yilga nisbatan besh milliontaga kamdir. Shuningdek, domen nomlarining umumiy soniga nisbatan yangi gTLD domen nomlari foizlarda ham – 7,8 foizdan 6,2 foizgacha kamaygan.

Yangi gTLD ro‘yxatga olinganlar sonining kamayishi umumiy domen zonalari va milliy domen zonalarining o‘sishi bilan to‘ldirildi. ccTLD ro‘yxatga olish hajmi 3,4 milliontaga (milliy domen zonalarining barcha domenlari 2,4%) o‘sdi. .COM zonasi 5 millionta nomga o‘sdi, biroq .NET zonasi – 800 mingta nomga kamaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq