Brayl displeyi uchun dastur yaratildi
06.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining bir qator mutaxassislari O’zbekistonda ko’rish qobiliyati zaif bo’lgan odamlarning bilim darajasini oshirish muammolarini yechishga qaratilgan Brayl displeyi uchun dastur yaratdilar.

Ushbu dastur EHM dasturiy ta’minotiga kiritilgan matnni Brayl shriftida tarjima qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, Brayl displeyidagi yacheykalarning Brayl nuqtalari uchun chiziqli aktivatorlarni faollashtirish orqali amalga oshirilgan.

Mualliflar Sharipov Kungratbay, Li Afanasiy, Zoirov Ulmas, Yusupov Lazizbek va Isamova Gulchexrabonular ushbu dasturlari uchun DGU 04988 raqamli guvohnoma olishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq