Qirg‘iziston Respublikasi teleradioeshittirish korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv
02.03.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Qirg‘iziston Respublikasi teleradioeshittirish korporatsiyasi rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Qirg‘iziston teleradioeshittirish korporatsiyasi o‘rtasidagi uzoq muddatli manfaatlarga asoslangan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Qirg‘iziston teleradioeshittirish korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu hujjatda ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro axborot almashish, teleradioeshittirish sohasida olib boriladigan chora-tadbirlar, mutaxassislar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashga qaratilgan turli tadbir, seminar va konferensiyalarni hamkorlikda o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq