MUIC va UZINFOCOM Yagona integrator rezidentlari davlat IT-loyihalari bo’yicha hamkorlik qiladi
02.03.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

MUIC va UZINFOCOM Yagona integrator hamkorlik to’g’risidagi memorandumni imzoladi va hamkorlar sifatida ilk uchrashuvni o’tkazishdi. Uchrashuvning bosh mavzusi davlat IT-loyihalarini amalga oshirish bo’yicha birgalikdagi ishlar mexanizmini ishlab chiqishdan iborat bo’ldi.

Mirzo Ulugbek Innovation Center va davlat axborot tizimlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha UZINFOCOM Yagona integratorning faoliyati bir maqsadga – ichki IT-bozorni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan. Tashkilotlarning o’zaro hamkorligi ular taqdim etadigan subyektlarning qiziqishlariga asoslangandir. Bunday hollarda UZINFOCOM Yagona integratorga bu davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni yaratish bo’yicha buyurtmachi bo’lsa, bu borada MUIC so’rovlarni amalga oshirishda ular o’rtasida kompaniya-rezidentlarini bog’lovchi tashkilot vazifasini bajaradi.

Tashkilotlarning hamkorligi davlat tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha yuzaga kelayotgan bir qator muammolarni hal etish imkonini beradi. Uchrashuv davomida eng dolzarb muammolar sanab o’tildi. Bu — ayrim mansabdor shaxslarning vakolati enarli emasligi sabab davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda texnologik yechimlarni yetarlicha baholanmasligi, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish bo’yicha va shu kabi alohida loyihalarning umumiy strategiyasini amalga oshirishda nomutanosiblik va yagona yondashuvning mavjud emasligi; resurslar va boshqalardan besamar foydalanishlardir. UZINFOCOM Yagona integrator buyurtmalar portfelini kengaytirishga qiziqish bildirgan Innovatsiya markazi rezidentlari yordamida davlat axborot tizimlarini uzluksiz ishlashini, ularni o’z vaqtida xizmat ko’rsatishini va yangilanib borishini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

— Davlat tomonidan bizga ko’plab vazifalar yuklatilgan va ularni biz o’z kuchimiz bilan hal eta olmaymiz, — deydi UZINFOCOM Yagona integrator direktori v.v.b. Ulug’bek Tagaliev. – Buning uchun amaliyot kerak. Biz istalgan holatdagi loyihalar — g’oyadan tortib startapgacha yoki o’z samaradorligini ko’rsatish uchun ishga tushirilishi kerak bo’lgan tayyor loyihalari mavjud bo’lgan kompaniyalarni hamkorlikka chorlaymiz.

UZINFOCOM Yagona integrator vakillari uchrashuv ishtirokchilariga bugungi kunda eng ko’p talab etilayotgan davlat buyurtmalari va g’oyalarni tushunishlari uchun maxsus taqdimotni namoyish etishdi. Taqdimotda axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonida (misol uchun, idoralararo integratsiyalashuv imkoniyatlari va boshqa tizimlar bilan o’zaro hamkorlik, yagona standart va hokazo) nimalarga ahamiyat berish lozim bo’lgan omillar keltirib o’tilgan. Amalga oshirish mumkin bo’lgan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yagona identifikatsiya tizimi (tibbiy karta, avtomobilni boshqarish uchun litsenziya, STIR, kadastr yozuvi va boshqalar), davlat arxivlarini sotish bo’yicha axborot tizimi, qishloq xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha portal va boshqalar.

— Misol uchun, obodonlashtirish bo’yicha ijtimoiy loyiha nimani anglatadi? Mantiqan, jamoatchilik nazorati, texnik jihatdan avtorizatsiyadan o’tgan har qanday foydalanuvchi sayt orqali o’zining sharh, foto va videolavhalarini chop etgan holda ma’lum bir muammo yoki qoidabuzarliklarga jamoatchilik va hukumatning e’tiborini tortishi mumkin, — deydi strategik rivojlanish bo’yicha direktor Murod Ibragimov. – Bu yerda mas’ul tashkilot tomonidan murojaatni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha hisobot shaklidagi qayta aloqa mavjud. Bunga o’xshash tizimga bo’lgan talab mavjud va biz ishonamizki, bu kabi loyihalar ustida yillar davomida saytlarni ishlab chiqish bo’yicha shug’ullanuvchi kompaniyalar ishlashi lozim va ular buni to’g’ri amalga oshirish yo’llarini bilishadi.

Uchrashuvga Mirzo Ulugbek Innovation Center va UZINFOCOM Yagona integrator o’zaro hamkorligi mexanizmlari, davlat IT-loyihalari haqida taqdim etiladigan ma’lumotlarning oshkoraligini ta’minlash bo’yicha jonli muhokamalar yakun yasadi. Joriy yilning ikkinchi choragida MUIC rasmiy saytida UZINFOCOM Yagona integrator tomonidan kelib tushadigan barcha takliflar joylashtiriladigan maxsus maydoncha yaratilishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq