TATU delegatsiyasi Koreyaning yirik universitetlarida bo‘ldi
01.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning yirik universitetlarida bo‘ldi.

Tashrif doirasida Songyungvan, Shinxan universitetlari, Seul milliy fan va texnologiyalar universiteti (SeoulTech), Koreya fan va ilg‘or texnologiyalar universiteti (KAIST), Koreya media va san’at univsiteti (KUMA), Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy instituti (ETRI), Jeju milliy universiti (JNU) rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Koreya Respublikasi axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha milliy agentligi (NIPA) prezidenti Yun Jong-Lok hamda Koreya axborot jamiyati milliy agentligining global akademiyasi direktori Ox Kang-Tak bilan muzokaralar olib borildi.

Ta’kidlash joizki, tashrif davomida Koreyaning yetakchi universitetlari bilan Anglashuv memorandumlari imzolandi. Ushbu hujjatlarda Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar va o‘qituvchilarni o‘zaro almashishda hamkorlik qilish, TATUda kredit ta’lim tizimini joriy qilish, iqtidorli talabalarni o‘qitish, TATU o‘quv jarayoniga Koreya universitetlaridan yetakchi professorlarni jalb qilish, qo‘shma ilmiy konferensiyalar, seminarlar, treninglar o‘tkazish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish kabi kelishuvlar nazarda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq