IUT talabasi Innovatsion yarmarkada uchinchi o‘rinni egalladi
01.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabasi Doston Mardiyev “Marketing va reklama ADWEEK 2018” haftaligi doirasida o‘tkazilgan innovatsion yarmarkada uchinchi o‘rinni egalladi.

“Marketing va reklama ADWEEK 2018” haftaligi O‘zbekistonda marketing va reklama sohasidagi keng miqyosli tadbir bo‘lib hisoblanadi. Bu yil mazkur haftalik 2018-yil 26-fevraldan 2-martgacha davom etadi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tgan yarmarkada O‘zbekistondagi 13 ta universitet talabalari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etdilar: innovatsion biznes g‘oyalar va loyihalar, AKTda innovatsiyalar hamda innovatsion texnologiyalar.

Innovatsion yarmarka doirasida IUTning ikkinchi bosqich talabasi Doston Mardiyev uchta loyihani taqdim etdi.
Bu haqda Doston Mardiyev shunday dedi: «Innovatsion yarmarka doirasida ikkita robot taqdim etdim. Mening birinchi robotim xo‘jalik uchun mo‘ljallangan. Robot ayollarning ishini osonlashtirishi kerak, chunki u uyni mustaqil ravishda tozalashi mumkin».

“Ikkinchi robot sanoatda ishlatilishi mumkin. Robot yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan”, — deya qo‘shimcha qildi IUT talabasi.

Shuningdek, Innovatsion yarmarka doirasida Doston Mardiyev insonlarga rasm chizishni o‘rgatadigan maxsus qurilmani ham taqdim etdi.

Innovatsion yarmarka hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, IUT talabasi Doston Mardiyev uchinchi o‘rinni egalladi. Unga yarmarkaning diplom va haykalchasi topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq