Zeeq aqlli yostiq alla «aytib», xurrak otishga xalaqit beradi
28.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yil davom etmoqda, Rem-Fit kompaniyasi yostiqlarga ham bir nechta texnologiyani kiritish vaqti keldi degan qarorga kelib, «aqlli» Zeeq yostig‘ini ishlab chiqardi, bu esa shubhasiz, odamlar uyqusi sifatini yaxshilashga yordam beradi. U «alla aytadi», xurrak otishga yo‘l qo‘ymaydi va uyqu sifatini tahlil qila oladi.

Zeeq yostig‘i uchta modifikatsiyada ishlab chiqariladi. «Xurrakka qarshi» modeli vibratsiya funksiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, uyqu vaqtida xurrak otuvchining yonboshlab yotishi uchun vaziyatni o‘zgartirishga majbur qiladi. Odatda, xurrakni to‘xtatish uchun shuning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Musiqiy yostiq sakkiz simli karnay orqali bog‘langan smartfondan musiqani taratadi. Bu yostiqning ikkinchi modifikatsiyasiga taalluqlidir. Albatta, tun bo‘yi uyqudan uyg‘otib, kuy taratmasligi uchun taymeri ham mavjud. Kompaniya vakillarining fikriga ko‘ra, ohang faqat yostiq foydalanuvchisi tomonidan eshitiladi, uning yonidagilar uyqusiga xalaqit qilmaydi. Istaganlar yostiqdan budilnik sifatida ham foydalanishlari mumkin. TechCrunch ma’lumotlariga ko‘ra, inson tushida nima sodir bo‘layotgani va bu jarayonni qanday yaxshilash haqida ma’lumot to‘plash va tahlil qilish uchun uchinchi modifikatsiya datchiklar bilan jihozlangan. Afzalligi: Zeeq Alexa va Google HealthKit bilan mos keladi. Kamchiligi: yostiqni har ikki haftada quvvat bilan ta’minlash kerak hamda albatta, Wi-Figa ulanishni talab etadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq