2022-yilda 188 ming o‘z-o‘zini boshqaruvchi yuk mashinalari va avtobus ishlab chiqariladi
28.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Tractica analitika kompaniyasining mutaxassislari hozirgi kunda o‘z-o‘zini boshqaradigan transport vositalariga qiziqishning oshib borayotgani va uning istiqboliga ishonadilar.

O‘z-o‘zini boshqarish texnologiyasi borasidagi so‘nggi yangiliklar ko‘proq avtomobillarga tegishli bo‘lsa-da, ommaviy va yuk tashish segmentlarida ham keng joriy etilishi ko‘plab sohalarni o‘zgartirib yuboradi. O‘z-o‘zidan yo‘naltirilgan avtobus va mikroavtobuslar paydo bo‘lishi yo‘llarda shaxsiy avtomobil sonining kamaytirishga yordam beradi. Buning oqibatida, toza havo tarkibi buzilishining kamayishi va haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun xavfsizlikning ortishi kuzatiladi.

Tractica prognoziga ko‘ra, o‘tgan yili o‘z-o‘zini boshqaruvchi yuk mashinalari va avtobus bozorlari 84 million dollarni tashkil etdi. Kelgusi yillarda bu miqdor tez o‘sib boradi va 2022-yilga borib, 35 milliard dollarga yetadi. Belgilangan davrda o‘z-o‘zidan nazorat qilinadigan yuk mashinalari va avtobuslarni ishlab chiqarish hajmi 343 dan 188 ming donagacha ko‘payadi.

Manba: www.tractica.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq