Roziyev Farhod Zafarovich «O’zbektelekom» AK Bosh direktori v.v.b lavozimiga tayinlandi
26.02.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Shuhrat Qodirovning Bosh direktor vakolatlari to’xtatilishi va Farhod Roziyevning ushbu lavozimga tayinlanishi to’g’risida qaror Kompaniyaning umumiy yig’ilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan eshittirildi.
Vazir yangi Bosh direktor bilan tanishtirar ekan, Shuhrat Qodirovga minnatdorchilik bildirdi va ayni paytda Kompaniyaning oldida boshlangan islohotlarni davom ettirish va rivojlanishning joriy kurslarini saqlab qolishdek vazifalar turganligini ta’kidlab o’tdi.
Farhod Zafarovich Roziyev 1979-yil 26-martda tug’ilgan, 2000-yilda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining «Xalqaro Iqtisodiy aloqalar» fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda “Sarkor-Telecom” MChJ menejeri lavozimidan boshlagan.
2002-yildan 2018-yilga qadar “Sarkor-Telekom” MChJ, “Winncom Technologies Corp”, “O’zbektelekom” AK, “Intelligent Consulting” MChJ kabi tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
2011–2012 yillarda “O‘zbektelekom” AK “Uzonline” loyiha rahbari va “O‘zMobayl” filiali direktori lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan.
O’zbek, rus va ingliz tillarida erkin so’zlashadi.
Oilali, 2 farzandning otasi.