O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Bugungi kunda jamiyatda zamonaviy axborot texnologiyalarining ijobiy va salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
23.02.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2018 yil 20 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “YS – your school” ingliz tili so‘zlashuv klubi a’zolari ishtirokida “Bugungi kunda jamiyatda zamonaviy axborot texnologiyalarining ijobiy va salbiy oqibatlari” mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan chet tillarni ommalashtirish va rivojlantirish markazi “YS – your school” tomonidan tashkil etilgan tadbirda ingliz tili so‘zlashuv klubining doimiy a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

«Your school» markazi spikeri yoshlar bilan Internet tarmog‘ining foydali va zararli tomonlari, hozirgi kunda dolzarb mavzu — yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalash zarurligi, ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga zid tarmoqlarning salbiy ta’siri va yoshlarda paydo bo‘layotgan Internet tobeligi haqida suhbatlashdi. Shuningdek, u internet orqali amalga oshirilayotgan tahdidlar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir etayotgan buzg‘unchi g‘oyalar va “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning salbiy oqibatlari haqida aniq dalillar va hayotiy misollar asosida mushohada etdi.

Suhbat qatnashchilari Internetning yoshlarning ongiga salbiy ta’siri va kompyuter o‘yinlarining zo‘ravonlik, agressiv, erotik, yovuz va nosog‘lom xarakterlarini izohladi, axborot xurujlarining yoshlar ma’naviyatiga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlarning havfi muammolari, kabi salbiy jihatlari bilan bir qatorda uning kerakli ma’lumotlarni qidirishda vaqt va pul tejalishi imkoniyatlari, dunyoning turli kutubxonalarida saqlanuvchi resurslarga kirish va ularni mutolaa qilish imkoniyati, olisda yashovchi yaqin insonlar bilan muloqot qilish kabi ijobiy imkoniyatlari haqida gapirdilar. “Hozirgi zamonda hayotimiz, o‘qish va biznesni Internetsiz tasavvur qilish mushkul. Bu nafaqat elektron pochta orqali xat almashinuvi, balki turli ma’lumotlar, manbalar va mahsulotlarning ommabopligini ta’minlaydi”, deb o‘z fikrini bildirdi I.Azizova.

«Your school» markazi spikeri ijtimoiy tarmoklar haqida suhbat olib borar ekan, yoshlar etiborini milliy domenda faoliyat yuritayotgan va o‘zbek yoshlari orasida etibor qozongan muloqot.uz, sinfdosh.uz, tengdosh.uz, milliy.uz, vsetut.uz kabi tarmoqlariga qaratdi. Shuningdek, u hozirgi kunda milliy bloglar va blogerlarning tavsiya etilgan saytlarga yoshlarni jalb qilishdagi roli hakida gapirdi.

Ingliz tilida o‘tgan suhbatning qatnashchilari o‘z fikrlari va dalillarini bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq