IUTda “Women Techmakers IWD” tadbiri bo‘lib o‘tadi
23.02.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridigi Inha universiteti (IUT)da O‘zbekistonda birinchi marotaba “Women Techmakers 2018 International Women’s Day Celebration (IWD)” tadbiri bo‘lib o‘tadi.

“Women Techmakers” – bu “Google”ning brendi bo‘lib, yuqori texnologiyalar sohasidagi ayollar uchun global dastur hisoblanadi. “Women Techmakers” innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda ayollarni jalb etishga mo‘ljallangan resurs va hamjamiyatdir.

“Women Techmakers” tadbiri ayollarni yuqori texnologiyalar sohasida ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

“Women Techmakers IWD” tadbiriga Toshkent shahridagi Inha universiteti, BMTTDning “Ma’muriy islohotlar va raqamli transformatsiya” loyihasi hamda “Super Dispatch” kompaniyasi qo‘llab-quvvatlashi yordamida “Google Developer Groups (GDG) Tashkent” tashkilotchilik qilishmoqda.

“Women Techmakers IWD” 2018-yilning fevral oyida tashkil etilgan “GDG Tashkent” ishlab chiqaruvchilar hamjamiyatining birinchi tadbiridir. Mazkur hamjamiyatning tashkil etilishiga Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari tashabbus ko‘rsatishdi.

“Women Techmakers IWD” tadbiri ikki qismdan iborat. Kunning birinchi yarmida ishtirokchilar axborot texnologiyalari sohasida ishlayotgan ayollar faoliyati bilan tanishadilar. Ular IT-loyihalar ustida ishlash bo‘yicha, shu jumladan, xorijiy kompaniyalardagi o‘z tajribalari haqida ma’lumot beradilar.

Kunning ikkinchi yarmida “Women Techmakers IWD” ishtirokchilari turli IT-mahsulotlarni ishlab chiqish va loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilim beradigan seminar va mahorat darslarida qatnashishlari mumkin.
Tadbirda 18 yosh va undan katta bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Tadbir — ingliz, o‘zbek va rus tillarida bo‘ladi. Tadbirda ishtirok etish uchun 2018-yilning 5- mart kuniga qadar http://bit.ly/wtm18tashkent sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq