“O‘zbekiston pochtasi” AJ – faoliyat yangi sharoitda yuritiladi
22.02.2018
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

2018 yil 19 fevral kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni O‘zbekiston pochta xizmatining yaqin kelajakdagi faoliyatiga mustahkam asos yaratadi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Farmonda ko‘rsatilganidek, mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilishi bilan bir qatorda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shu o‘rinda davlatimiz pochta xizmati faoliyati borasida farmonda pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish, pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeyini oshirishga doir ta’sirchan choralar ko‘rilmayatgani haqli ravishda alohida ta’kidlangan. Dar haqiqat, so‘ngi yillarda O‘zbekiston pochtasi ko‘pgina muammolarni qarshilamoqda, jumladan: pochta bozori liberalizatsiyasi, xat-xabarlar hajmi keskin qisqarilishi, raqamli xizmatlarning o‘sishi va h.k.

Qabul qilingan farmon pochta xizmati faoliyatining asosiy printsiplarini o‘zgarishiga asos yaratadi. Ushbu muhim hujjatda aks topgan vazifalarni amalga oshirilishi pochtaning eng dolzarb vazifasi, ya’ni pochta jo‘natmalarini o‘z vaqtida yetkazib berilishining yuqori andozalari uchun mos zamin yaratadi.

Bu borada farmonda ikki oy muddatda “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi milliy operatoriga agent sifatida bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan, to‘lovlarni qabul qilish va o‘tkazish, bank kartalariga xizmat ko‘rsatish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish, ixtiyoriy va majburiy sug‘urta qilish xizmatlari va autsorsing shartlarida boshqa xizmatlarni ko‘rsatish huquqlarini taqdim etish masalasini o‘rgansin hamda amalga oshirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan.

Shu bilan birga uch oy muddatda “O‘zbekiston pochtasi” AJni, shu jumladan, chet el maslahatchilarini jalb qilgan va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda isloh qilish hamda pochta aloqasi operatorlari va kuryerlarining tarmog’ini rivojlantirish, horijda xalqaro pochta jo‘natmalarining almashinuv punktlarini tashkil etilishi farmonda ta’kidlangan.

Farmonga muvofiq “Matbuot tarqatuvchi” AKni belgilangan tartibda “O‘zbekiston pochtasi” AJga qo‘shilishi davriy nashrlarga obuna mavsumida pochta aloqasi bo‘limlari faoliyatini tizimlashtirishda ko‘maklashadi.

2018 yil 1 iyundan tadbirkorlik subyektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari orqali, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqi berilmoqda. O‘zbekiston milliy pochta operatori bu borada aniq ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 2018 yil 8 fevral kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJda O‘zbekiston milliy pochta operatori va Shveytsariyaning “ZOODEL” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. Memorandumda belgilanganidek, 2018 yil birinchi yarimida O‘zbekistonda ZoodMall yangi elektron onlayn maydonchasi ishga tushiriladi va bu orqali ishlab chiqarish kompaniyalari va dillerlar o‘z mollarini vositachisiz sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq