Murojaatlar tezkor hal etilmoqda
22.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda Internet tarmog‘isiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Kundalik ish faoliyatimiz, voqyea-hodisalardan xabardor bo‘lish va boshqa ko‘plab masalalarda dunyo o‘rgimchak to‘riga murojaat qilamiz.

Bunda global tarmoqqa ulanish birinchi masala bo‘lsa, uning tezligi yanada muhim ahamiyatga ega.

Hozirda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga Internet tezligi bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Inspeksiya tomonidan aholining haqli talabini qondirish maqsadida tezkor choralar ko‘rilib, murojaatlar ijrosi nazoratga olinmoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar, fevral oylarida Inspeksiyaning 1144 “Ishonch telefoni”ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi “Janqongirat” va “Abad” mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar sifatli Internetdan foydalanish maqsadida ushbu mahallalarga optik tolali aloqa kabeli yotqizishni so‘rab murojaat yo‘llashgan edi.

Ushbu murojaatlar Inspeksiya tomonidan o‘rganilib, “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan qisqa muddatda mahallalalarga optik tolali aloqa kabeli tortildi. Mini MSAN qurilmasi o‘rnatilgach hudud aholisiga yuqori tezlikdagi sifatli Internet xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, murojaatlar ijobiy hal etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq