Harbiylarni AKT sohasida murabbiy-o‘qituvchilar sifatida tayyorlashmoqda
22.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi zobitlar guruhi Toshkent shahridagi Inha universitetining murabbiy-o‘qituvchilarni tayyorlaydigan o‘quv kurslarida AKT sohasidagi o‘z bilimlarini oshirishmoqda.

Harbiylarni o‘qitish Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qo‘shma buyrug‘i bilan olib borilmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekistonning 360 nafar harbiy xizmatchilari kompyuter savodxonligini oshirish va AKTdan foydalanish bo‘yicha kurslarni o‘tishadi. Kurslar olti bosqichda olib borilib, har bir bosqichda 60 nafardan harbiylarni Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Muhammad al-Xorazmiy nomli Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tajribali o‘qituvchilar o‘qitishadi.

Mudofaa vazirligining tinglovchilari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishda yangi bilimlarni oladi va o‘z malakalarini oshiradilar. Xususan, ular axborot xavfsizligi sohasida o‘z bilimlarini yaxshilashadi va pedagogika sohasida yangi bilimga ega bo‘ladi.

Yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar ularga AKT sohasida murabbiy-o‘qituvchi maqomini berish to‘g‘risidagi sertifikatlarni olishadi. Tasdiqlangan o‘quv dasturi va maxsus mo‘ljallangan o‘quv majmuasida muvofiq bu kurslarda muvaffaqiyatli tahsil olgan harbiy xizmatchilar, harbiy qismlarda hamkasblari bilan o‘zlarining yangi bilim va ko‘nikmalarini baham ko‘rishlari kutilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq