Soliq organlarida AKT yutuqlari bilan tanishdi
21.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tinglovchilari uchun «Boshqaruv qarorining ijrosini ta’minlash, uning nazorati, boshqaruv qarorlari samaradorligi, turlari va baholash usullari» mavzusida amaliyot darsi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda «Elektron hukumat» tizimini yaratishga yo‘naltirilgan oqilona davlat siyosati doirasida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, soliq tizimini modernizatsiya qilish, barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar sifati va turini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari – keng ko‘lamdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan, texnik jihatdan yuqori modernizatsiyalashgan tizimga aylandi.

Xususan, so‘nggi 10 yilda soliq to‘lovchilarni hisobga olish, ularning byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bilan o‘zaro munosabatlari hisobini yuritish ishlari qog‘oz shaklida, ya’ni maxsus daftarlar, kitoblar va jurnallarda amalga oshirilgan bo‘lsa, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etilishi bilan ushbu jarayonlar tarixga aylandi. Soliq ma’murchiligining asosiy ish uchastkalarini bosqichma-bosqich avtomatlashtirilishi qog‘oz shaklidagi hujjat aylanishidan deyarli voz kechishga imkon berdi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mazkur yo‘nalishda to‘plangan tajriba hamda tizimga zamonaviy axborot-kommunkatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va undan foydalangan holda boshqaruvning zamonaviy usullari, tizimli tahlil va strategik rejalashtirishni tashkil etish borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tinglovchilari uchun Davlat soliq qo‘mitasida «Boshqaruv qarorining ijrosini ta’minlash, uning nazorati, boshqaruv qarorlari samaradorligi, turlari va baholash usullari» mavzusida amaliyot darsi o‘tkazildi.

Amaliyot darsida tinglovchilarga davlat soliq xizmati organlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilganligi, Davlat soliq qo‘mitasining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasi va uning imkoniyatlari, ish faoliyatni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, aholi, tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi elektron davlat xizmatlari va ularning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, davlat soliq xizmati organlarining komputer uskunalari va ularning periferiyalari, korporativ aloqa tarmoqlari va videokonferens tizimlari, axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlari amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rgazmali tarzda tushuntirildi.

Akademiya tinglovchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassilar tomonidan aniq misollar yordamida javoblar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq