Tovar-xomashyo birjasi «SMS-xabarlash» bo‘yicha qator xizmatlarini taqdim etmoqda
20.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zRTXB” AJ Play-mobile kontent-provayder bilan birgalikda mijozlarni SMS-xabarlash bo‘yicha bir qator loyihalarni joriy qildi.

Hozirgi kunda ushbu loyihalar birjaning AVTORAQAM savdo platformasida faoliyat yurituvchi onlayn auksion ishtirokchilari hamda birja savdolarida mineral o‘g‘itlarni xaridorlari sifatida qatnashib kelayotgan fermer xo‘jaliklari uchun taqdim etilmoqda.

Avtohavaskorlar SMS-xabarlash xizmati orqali qiziqtirayotgan avtoraqamlarni savdoga qo‘yilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor olishlari hamda muayyan lotga obuna bo‘lib, uning holatini muntazam ravishda kuzatib borishlari mumkin. Bu esa mijozga qiziqtirayotgan avtoraqam bo‘yicha savdo vaqtini o‘tkazib yubormaslik va sotib olingan avtoraqam to‘lovini amalga oshirishning aniq vaqti va uni ro‘yxatdan o‘tkazish joyini bilib olish imkonini beradi.

Birjaning mazkur xizmatiga ulanish uchun avtoraqam.uzex.uz veb-saytida mijozning shaxsiy kabinetidagi «SMS» sahifasiga o‘tish va ofertani qabul qilishning o‘zi kifoya. Xizmat uchun oylik abonent to‘lovi 10 000 so‘mni tashkil etadi. O‘z navbatida, SMS xabarlar xizmatga ulanish paytida ko‘rsatilgan telefon raqamiga kelib tushadi.

Birja tomonidan SMS-xabarlash bo‘yicha joriy etilgan ikkinchi xizmat turi fermer xo‘jaliklariga bepul asosda taqdim etilmoqda. Ushbu loyiha mineral o‘g‘itlarni fermer xo‘jaliklariga birja savdolari orqali sotish bo‘yicha ishlab chiqilgan tajriba loyihasi doirasida ishga tushirildi. Mineral o‘g‘itlar bo‘yicha shakllangan kotirovkalar fermerlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil aloqa raqamiga haftada ikki marta avtomatik ravishda yuboriladi.

Xizmatga ulanish bo‘yicha savollar bilan birjaning Call-markaziga (Q99871) 213-33-30, shuningdek, har kuni 24 soat davomida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining 11-62 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali murojaat qilish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq