O‘zbekistonda “aqlli qishloq”lar paydo bo‘lishi mumkin
20.02.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

2018-yilning uchinchi choragida jahon tajribasini o‘rganish asosida O‘zbekistonda “aqlli qishloq” (smart village) loyihasi pilot tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, “Aqlli qishloq” Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish taklif etilmoqda.

Hujjatda “Aqlli qishloq” loyihasi to‘g‘risida boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Ochiq manbalarda keltirilishicha, “aqlli qishloq” deyilganda muqobil manbalardan foydalangan holda, o‘zini to‘laligicha energiya bilan ta’minlaydigan uylar tushuniladi. Uylar shamol generatorlari, fotoelektr panellari, termonasoslar va boshqa uskunalar bilan jihozlanadi.

“Aqlli qishloq” konsepsiyasi, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etishni ham ko‘zda tutadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq