IUT va KOICA ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
20.02.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Song Il Son boshchiligidagi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rektori Sarvar Babaxodjayev va universitetning birinchi prorektori Cho Vu Sug KOICA delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida IUT va KOICA vakillari ta’lim tizimini takomillashtirish va O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, tomonlar IUTdagi ayrim fanlarni o‘qitish uchun Janubiy Koreyadan ko‘ngillilarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqdilar.

Qayd etamiz, IUT ma’muriyati KOICA ko‘magida Janubiy Koreyaning ko‘ngillisini jalb qildi va hozirda u universitet talabalariga koreys tilini o‘rgatmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni faollashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq