UNICEF vakillari bilan uchrashuv
19.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

15 fevral kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yangi ishlab chiqilayotgan O‘zbekistonda ijtimoiy himoya Yagona reyestri Konsepsiyasini muhokama qilishdan iborat.

Uchrashuvda Markaz tomonidan nafaqat muhtojlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda kelgusida ularni moddiy jihatdan mustaqil bo‘lishga imkon beradigan tizimni yaratish takliflari berildi.

Shuningdek, ishlab chiqilayotgan Yagona reyestr soliq, milliy identifikatsiya bazasi, nogironlik haqidagi ma’lumotlar bazalari, ijtimoiy nafaqalar kabi boshqa bir ma’lumotlar bazalari bilan benefitsiarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va saralash uchun aniq bir dasturlar bo‘yicha ma’lumotlarni bazaga uzatish uchun bog‘langan bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Mazkur ma’lumotlar bazalari barcha davlat tashkilotlari uchun mavjud bo‘lishi va ma’lumotlar bir marta kiritilishi kerak.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi va kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Shu bilan birga, Markaz vakillari mazkur dasturni amalga oshirishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq