Toshkent teleminorasida sayyohlarga telefon va fotoapparatlardan foydalanishga ruxsat etildi
16.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchilar va sayyohlar uchun yanada qulayliklar yaratildi. Endi ular Toshkent shahrining eng go‘zal va ko‘rkam maskanlarini foto (selfi) va video suratga olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3509-son Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq amalga oshirildi.

Bu orqali Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi turistlar teleminoraning foesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va “Koinot” restoranida foto (selfi) va video suratga olishlari mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq