«DOC-ENT — hujjat almashinuvining avtomatlashtirilgan tizimi» dasturi yaratildi
16.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«LOTUS ATLANT» mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassisi tomonidan kiruvchi va chiquvchi xat-xabarlarni, fuqarolar murojaati, ichki tipdagi hujjatlarni hisobga olish va ro’yxatdan o’tkazish uchun mo’ljallangan «DOC-ENT — hujjat almashinuvining avtomatlashtirilgan tizimi» dasturi yaratildi.

Dastur — Ishonch telefonlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) hamda Virtual qabulxona orqali kelgan fuqarolarning murojaatnomalarini hisobga olish va ro’yxatdan o’tkazish, tizim hujjatlarning bajarilish jarayonini ularning ro’yxatga olinishidan boshlab nazoratdan chiqarilgunigacha kuzatish va nazorat qilish imkonini beradi.

Tizimda xabar berish mexanizmlari SMS, Push notification hamda IYR telefoniya orqali amalga oshiriladi. Dastur quyidagi modullardan tuzilgan: Elektron pochta — Hujjatlar — Fuqarolarning murojaatlarini ro’yxatga olish — Hujjatlar arxivi — Topshiriq trekeri.

Dasturdan egalik shakliga va faoliyat doirasidan qat’iy nazar barcha sub’ektlar foydalanishi mumkin.

Muallif Jamolov Shamshodga ushbu dasturiy mahsuloti uchun DGU 04912-raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq