AKT O‘zbekistonning Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish uchun
16.02.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-3532-son Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mamlakatimiz Farmatsevtika tarmog‘iga AKTni joriy etish uchun aniq topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:

a) 2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadigan Internet tarmog‘ida axborot portalini, shuningdek, mobil ilovalarni yaratsin:

  • asosiy axborot indikatori sifatida litsenziya mavjudligini aks ettirgan holda dorixonalarning joylashuvini aniqlash;
  • dori vositalari va tibbiy buyumlarni, zarur hollarda sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tegishli dorixonalar tomonidan aholiga yetkazib berishni ta’minlagan holda real vaqt rejimida sotib olish;

b) 2018-yil 1-mayga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni hisobga olish va hisobot jarayonini avtomatlashtirish, shuningdek, ular haqidagi zarur axborotni taqdim qilgan holda dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi maxsus markirovka tizimini joriy etish mumkinligi masalasini o‘rgansin;

v) 2018-yil 1-aprelga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat tibbiyot muassasalari va ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning hisobini olib borishning, shu jumladan, budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishini tezkor aniqlash va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimni yaratish bo‘yicha takliflar kiritsin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq