Andijon viloyatida UZMOBILE mobil aloqa operatorining obyektlari foydalanishga qabul qilindi
14.02.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan joriy yilning yanvar oyida UZMOBILE mobil aloqa operatorining Andijon viloyatidagi qurilishi tugallangan aloqa obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etildi.

Inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan aniqlangan kamchiliklar UZMOBILE mobil aloqa operatori bartaraf etganidan keyin, vakolatli organlarning xulosalariga asosan 17ta aloqa obyektlari foydalanishga qabul qilindi.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan shu kabi telekommunikatsiya obyektlarining ishga tushirilishi iste’molchilarga sifatli aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bir qatorda, yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq