Koreya Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Kim Dong Yon IUTda ma’ruza o‘qidi
13.02.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yil 12-fevral kuni Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Stategiya va moliya vaziri janob Kim Dong Yon boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida, janob Kim Dong Yon Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga bordi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev Koreya Respublikasi delegatsiyasiga universitet faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Oliy ta’lim bilan yaqindan tanishgach, yuqori martabali mehmon, janob Kim Dong Yon poytaxtimizdagi 8 ta nufuzli universitetlarning talabalariga ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza davomida u o‘z hayoti haqida so‘zlab berdi. Jumladan, Jahon bankidagi faoliyati, Prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha kotibi bo‘lib ishlagan vaqti, shuningdek, Adju universiteti rektori sifatidagi faoliyatlari to‘g‘risida gapirib berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari ma’ruza chog‘ida Koreyadagi iqtisodiy vaziyatga ham alohida e’tibor qaratdi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini tilga olib o‘tdi.

Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Stategiya va moliya vaziri janob Kim Dong Yon IUTning mehmonlar kitobiga esdalik sifatida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi 1500 yillik do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatiga omadlar tiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq