e-tijorat sohasini rivojlantirish bo’yicha so’rovda qatnashing
12.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yilning 22-yanvarida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonining bajarilishi doirasida AKT vazirligi elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida so’rov o’tkazmoqda.

Shu sababli, barchani ushbu so’rovda qatnashishga chorlaymiz. So’rovning natijalari “O’zbekiston Respublikasida elektron tijoratni tubdan takomillashtirish choralari to’g’risida”gi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chqishda qo’llanadi.

Eslatib o’tamiz, ushbu farmonga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.

So’rov joriy yil 16-fevralga qadar otkaziladi.

So’rovnomaga o’tish.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq