«O‘zbekiston pochtasi» AJ va “ZOODEL” xalqaro savdo maydonchasi hamkorlik to‘g‘risida kelishdilar
09.02.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Respublikamizda va umuman dunyo miqyosida e-savdo hajmining jadal o‘sib borishi O‘zbekiston pochta xizmati oldiga onlayn maydonchalar orqali sotib olingan tovarlarni o‘z vaqtida etkazib berish uchun zarur logistika imkoniyatlarini barpo qilish vazifasini ko‘ndalang qo‘ymoqda.

Shularni inobatga olgan holda, 2018 yil 8 fevral kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJda O‘zbekiston milliy pochta opreatori va Shveytsariyaning “ZOODEL” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
Hujjat “O‘zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori Sh.Atamuxamedov va “ZOODEL” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha Bosh direktori S.Muxamedaliev imzoladilar.

O‘zaro hamkorlikni O‘zbekistonlik tovar ishlab chiqaruvchirchilari uchun global onlayn savdosida muhim ahamiyatga molikligini nazarda tutgan holda Memorandum O‘zbekistonda tadbirkorlikning raqobatbardoshligini kuchaytirish va tadbirkorlarni xalqaro bozorlarga kirishi va “Ipak yo‘li” mamlakatlari bilan ko‘pqirrali savdo-sotiq hamkorligini yo‘lga qo‘ysh vositasiga aylanishini tomonlar ta’kidladilar.

Memorandumda belgilanganidek, tomonlar tajriba va ma’lumot almashish, o‘zaro konsultativ yondashuv, xalqaro e-tijorat rivojlanishiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashishni ta’minlaydilar. 2018 yilning birinchi yarimida O‘zbekistonda ZoodMall yangi elektron onlayn maydonchasi ishga tushiriladi va bu orqali ishlab chiqarish kompaniyalari va dillerlar o‘z mollarini vositachilarsiz sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Buning uchun «O‘zbekiston pochtasi» AJ va “ZOODEL” kompaniyasi ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga o‘z mollarini sotish uchun eng qulay yo‘larini taklif etadilar:

— tovarlarni mobil ilovalar yordamida ZoodMall saytiga joylashtirish;
— ZoodMallda joylashtirilgan tovarlarni xalqaro B2C savdo maydonchalari bo‘lmish eBay, AliExpress, Lazada, Cdiscount va h.k. orqali xaridorlarga tanitish.

Mazkur takliflar ko‘makida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar haqida kuniga yuzlab million xaridorlar xabardor bo‘lishi amin.

“ZoodMall mobil ilovasi o‘zbek tadbirkorlariga xorij bozorlarida (300 milliondan ortiq xaridor) onlayn savdosini tashkil etishda qulay imkoniyatlar yaratib beradi. O‘zbekiston iste’molchilari eng yaxshi narxlarda sotadilar, O‘zbekiston milliy pochta operatori esa sifatli etkazib berishni o‘z zimmasiga oladi”,- dedi S.Muxamedaliev
«“O‘zbekiston pochtasi” AJ bunday zamonaviy pochta xizmatlarini ilgari surishga tayyor va umid qilamiz mazkur hamkorlik yaqin kelajakda o‘z ijobiy natijalarini namoyon etadi»,- deya ta’kidladi Sh.Atamuxamedov.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq