CLICK kompaniyasining “Avtoto‘lov” xizmati UZMOBILE GSM abonentlari uchun ham ishga tushdi!
09.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«O‘zbektelekom” AKning “UzMobayl” filiali bilan CLICK kompaniyasining hamkorligi kengayganligi va UZMOBILE mobil operatorining GSM tarmog‘idagi abonentlari uchun “Avtoto‘lov” xizmati joriy qilinganini mamnuniyat bilan xabar qilamiz!

Ushbu xizmat mobil aloqa raqamining balansi ma’lum darajadan kamaygan paytda, uni avtomatik ravishda, plastik karta hisobidan to‘ldirib, abonentning balansini doimiy tarzda, ijobiy holatda ushlash imkonini beradi. Bu esa o‘z o‘rnida,abonentlarga yaqinlari bilan uzluksiz aloqada bo‘lish imkonini ochib bermoqda.

Xizmat foydalanuvchilarining qulayliklari uchun “Avtoto‘lov” xizmatining sozlashlaridaavtoto‘lov amalga oshirilishi kerak bo‘lgan mobil raqamning balans darajalari va o‘tkaziladigan avtomatik to‘lovlarning bir nechta summa variantlari joriy qilingan. Ularni avtoto‘lov sozlanishida bir marotaba o‘rnatishning o‘zi kifoya: balans darajalari — 5000, 7500, 15000, 25000 va 50000 so‘m, avtoto‘lov summalari — 5000, 10000, 15000, 20000 va 50000 so‘m.

Xizmatga ulanish CLICK tizimining USSD-menyusi orqali (*880#) yoki CLICK Uzbekistan mobil ilovasi orqali oshiriladi. Xizmat bir marta sozlangach, undan keyin foydalanuvchining ishtiroki talab qilinmaydi. Tizim ko‘rsatilgan mobil aloqa raqamining balansini avtomatik tarzda to‘ldirib, foydalanuvchigaamalda oshirilgan to‘lov haqida ma’lumot beradi.

“UZTELECOM kompaniyasi bilan hamkorligimiz kengayotganligi va UZMOBILE GSM tarmog‘ining abonentlari uchun balans to‘ldirishning shunday ajoyib avtomatik usulining ishga tushishidan kompaniyamiz juda mamnun. O‘ylaymizki, barcha foydalanuvchilarimiz uchun bu xizmat juda ma’qul keladi va doimo aloqada bo‘lishga yordam beradi”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

“UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori bo‘lib, uning faoliyatidagi asosiy ijtimoyi yo‘nalishlaridan biri – bu mijozlarni qulay va ishonchli xizmatlar bilan ta’minlash, yangi tarif rejalar, xizmatlarlar va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini joriy qilinishidir. CLICK kompaniyasi bilan birgalikda ishga tushirilgan yangi “Avtoto‘lov” xizmati UZMOBILE abonentlariga keng imkoniyatlarni ochib bermoqda. Uning amaliy jihatidan qulayligi juda ravshan. Endi foydalanuvchilarimiz hisobni to‘ldirish bilan bog‘liq vazifani, kerakli paytda pand bermaydigan avtomatik tizimga topshirib qo‘yib, yaqinlari bilan uzluksiz aloqada bo‘lishlarim mumkin. CLICK kompaniyasi bilan hamkorligimizdan juda mamnunmiz va o‘ylaymizki, abonentlarimiz ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan harakatlarimizga yuqori baho beradilar”, — deb ta’kidladi UZMOBILE marketing va savdo direktorining vazifasini vaqtincha bajaruvchi Javlon Islomov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq