2017-yilgi o‘sish sur’atlarida AKT sohasi peshqadam
09.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bugungi kunda jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir.

Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarmoqlarini yuksaltiruvchi, harakatga boshlovchi kuchga aylangan mazkur yo‘nalish barcha sohalarning iqtisodiy jarayonlarini sezirlari darajada o‘zgartirib, yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Shuningdek, axborot texnologiyalarining rivoji — insonning aqliy mehnati, ilm va tafakkurining mevasi bo‘lgan axborot hamda mahsulotlarga asoslangan yangi turdagi iqtisodiyotning tashkil topishi uchun ham zamin yaratmoqda.

Bunga AKT sohasining mamlakatimizdagi o‘sish sur’atlari misolida ham guvoh bo‘lish mumkin. Xususan, 2017-yilda aloqa va axborotlashtirish sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori 7,9 trln. so‘mni tashkil qilgan. Shundan 232,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar dasturiy ta’minot mahsulotlariga doir xizmatlar ulushiga to‘g‘ri keladi.
2016-yil bilan solishtirib ko‘rilganda, yangi texnologiyalarni joriy qilish va xizmatlar sonining oshirilishi, xizmat ko‘rsatish hududlari hamda doirasining kengaytirilishi hisobiga sohada xizmat ko‘rsatish hajmi 124,0 % (solishtirma narxlarda 115,6 %) ga oshgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda xizmatlar sohasining rivojlanishi moddiy ishlab chiqarish sohalaridagi o‘sish sur’atni ortda qoldirmoqda. Jumladan, 2017 yilning yanvar-dekabr oylarida yalpi ichki mahsulot (YaIM) da xizmatlar sohasi ulushi 47,3 foizni tashkil qilgan.

2017 yilning yanvar-dekabr oylarida xizmatlar hajmi 116795,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 8,9 foizga o‘sdi. Yuqori o‘sish sur’atlarini tovarlarni kredit kartalari orqali to‘lovlar, internet orqali savdolar kabi yangi xizmat turlarining paydo bo‘lishi, yangi savdo markazlari, ovqatlanish majmualari, mehmonxonalarning ishga tushishi, ta’lim va ko‘ngilochar xizmatlarining kengayishi bilan izohlash mumkin.

Shuningdek, qayd etish joizki, O‘zbekistonda valyuta bozorining erkinlashtirilishi hamda 2017-yil sentabr oyidan xorijiy valyuta kursi keskin ko‘tarilishiga qaramasdan, aloqa xizmatlari tariflarida narxlarning o‘sishi kuzatilmadi.

Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishda asosiy ulush (87,3%) telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa, Internet tarmog‘i, teleradiouzatish va boshqalar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

2017-yilda AKT sohasiga jalb qilingan investitsiyalar miqdori 1,891 trln. so‘mni (o‘sish sur’ati 168,7 %), jumladan, xorijiy investitsiyalar ulushi 1,557 trln. so‘m (o‘sish sur’ati 2,2 barobar)ni tashkil qilgan.

Hozirda AKT sohasining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,2 foizni tashkil qilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq