IUTning to‘rtinchi bosqich talabalari kompaniyalarda amaliyot o‘tashni boshladi
07.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning to‘rtinchi bosqich talabalari O‘zbekistonning yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tay boshladilar.

Eslatib o‘tamiz, IUT to‘rtinchi bosqich talabalaridan 99 nafari bir akademik o‘quv-yili davomida Koreya Respublikasining Inha universitetida tahsil olib qaytdilar.

Ushbu talabalar o‘z ta’lim yo‘nalishlarining keyingi bosqichida o‘qishni davom ettira boshladilar. Bir necha oy davomida ular amaliyot o‘taydilar.

Yosh mutaxassislar guruhi «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi rezidentlari bo‘lgan: Datacenter.uz, Fido-bizness, Galaxy System, Venkon Group, Nowmedia Technologies, Social Web Solutions va Technologies of Business Processes Navoi kabi IT-kompaniyalarida amaliyot o‘taydilar.

«O‘zbektelekom» AK, OKS Technologies, Skyline, Turon Telecom, SOS Group, East Telecom, Super Dispatch va Artel kompaniyalarda ham amaliyot o‘tash uchun bir guruh talabalar jalb qilindi. Shuningdek, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ham amaliyot o‘taydilar.
IUT talabalari amaliyot o‘tashlari uchun moliyaviy institutlarga ham jalb qilingan. Ular orasida: «O‘zbekinvest»,«Agrobank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Universalbank», «Ipoteka bank», «Asakabank», «Qishloq qurilish bank» va «Milliy bank» kabi tashkilotlar nomi bor.

Bir guruh talabalar o‘z bilimlarini Asian Airlines, Olcha.uz, Bosh prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquq masalalarini o‘rganish instituti kabi davlat, xususiy va chet el muassasalari va kompaniyalarida amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Toshkent shahridagi Inha universitetining rektori Sarvar Babaxodjayev bu haqda shunday dedi: “Bizning bitiruvchilarimiz o‘z hayotining muhim bosqichiga kirib, professional faoliyatni boshlamoqdalar. Men ularga o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yib, muvaffaqiyatga erishishlarini tilayman. Xato qilishdan cho‘chimanglar, ammo ulardan o‘rganinglar».

«O‘z navbatida, ularning mutaxassis sifatida rivojlanishlarida faol ishtirok etayotgan barcha kompaniya va tashkilotlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Ishonchim komilki, bizning hamkorligimiz O‘zbekistondagi axborot texnologiyalari sohasining rivojlanishiga va belgilangan maqsadlarga erishishga o‘z hissamizni qo‘shishga imkon beradi», — dedi u.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq