IUT bitiruvchilari MUIC rezidentlarida amaliyot o‘tashmoqda
07.02.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Keling, eng avvalo oydek ravshan narsalar to‘g‘risida gaplashaylik: mamlakatdagi o‘zgarishlar ichki IT-sohani qaytadan ishga tushirib yubordi. Davlat kafolati o‘zining jozibadorligini ko‘rsatdi va hatto gumanitar soha vakillarini ham uning istiqboliga ishontirdi. IT mutaxassislariga mehnat bozorida talab katta, ularning ish haqi o‘sib borish qobiliyatiga ega. Eng muhimi, jamoaning bir qismiga aylanishdir. Biz MUIC tomonidan Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) bitiruvchilari uchun bu vazifaning hal qilinishiga qanday yordam berilayotgani to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

Yosh mutaxassislarni ishga joylashda ishtirok etish — «Mirzo Ulugbek Innovation Center» faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Innovatsiya markazi bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlarni topish va tanlashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan rezident-kompaniyalar va kadrlar bozorini takliflar bilan to‘ldiradigan texnik universitetlar o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi samarali ishlarga MUIC va yaqinda Karera markazi ochilgan Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni misol tariqasida keltirish mumkin. Uning birinchi “mijozlari” Inchxonda «3+1» dasturi bo‘yicha (Toshkent shahridagi Inha universitetida uch yil hamda Koreya Respublikasidagi Inha universitetida bir yil) ta’lim olgan «Kompyuter va dasturiy injiniring» fakultetining bitiruvchilaridir.

Ularning sakkiz nafari 2005 yildan buyon internet-loyihalar, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «DataSite Technology» poytaxt korxonasida amaliyot o‘tashmoqda. Bitiruvchilarning 3 nafari KPI loyihasi, 2 nafari veb-ishlab chiqarish va 3 nafari Android va IOS mobil operatsion tizimlarini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

— Barcha amaliyot o‘tovchilar suhbatdan va dastlabki test sinovlaridan o‘tkazildi. Bolalar bizni loyihalarga o‘zgacha yondashuvlari va ko‘pgina masalalar bo‘yicha o‘zlarining mustaqil fikrlari bilan jalb qilishdi, — deydi kompaniyaning “HR” xodimi Gulhumor Karabayeva. — Shuningdek, ularning yangi sharoitga tezroq va osonlik bilan moslashishlari uchun welcome-trening o‘tkazildi.

Har bir amaliyot o‘tovchiga uning faoliyatidan kelib chiqqan holda ishlovchi xodimlardan biri murabbiy etib tayinlandi. Ularning barchasi bilan 3 oylik amaliyot o‘tash shartnomasi tuzildi va shundan so‘nggina ularni ishga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Innovatsiya markazi xuddi shunday asnoda boshqa tarmoq oliy o‘quv yurtlari bilan ham ishlashni rejalashtirmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq