Digital CASA loyihasini Elektron hukumat markazi muvofiqlashtiradi
07.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018 yilning 6 fevral kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Butunjahon bankining yurtimizga tashrif buyurgan maxsus vakillari guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning maqsadi – “Raqamli Markaziy Osiyo – Janubiy Osiyo” (Digital CASA) loyihasining batafsil muhokamasi.

Uchrashuv davomida ikkala taraflar “Raqamli Markaziy Osiyo – Janubiy Osiyo” loyihasining asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, raqamli infratuzilma, raqamli platformalar va xizmatlar, mamlakatning barcha mintaqalarida AKT infratuzilmasini rivojlantirish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O’zbekiston tomonidan loyihani bevosita muvofiqlashtirish “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Tomonlar ekspertlari loyiha konsepsiyasini yanada rivojlantirish uchun uning tarkibini va ish rejasini muhokama qildilar.

Kelgusida loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish masalalarini yanada batafsilroq muhokama qilish, shuningdek, 2018-2021 yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo’yicha Strategiya uchun materiallar taqdim etish maqsadida yig’ilish o’tkazishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq