“Toshkent pochtamti” filiali kuryerlik xizmatini rivojlantirmoqda
06.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kuryerlik xizmatidan foydalanish – sizning biznesingiz, shaxsiy va reklama jo’natmalaringizni etkazib berish uchun eng qulay va samarali yechimlardan biridir.

Ko’p yillar davomida “Toshkent pochtamti” filiali respublikamiz hududida fuqarolarga kuryerlik jo’natmalarini etkazib kelmoqda.

“Toshkent pochtamti” filiali “UMS”, “UZMOBILE”, “Beeline”, “Perfectum Mobile”, Toshkent shahar hokimiyati, Toshkent shahar soliq inspeksiyasi va boshqa ko’plab tashkilotlarga, shuningdek jismoniy shaxslarga kuryerlik xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.

Bizning har doimgi asosiy vazifamiz bu: xavfsizlik, ishonchlilik va etkazib berishning o’z vaqtida bajarilishi bo’lib kelgan. Biz barcha turdagi jo’natmalar bilan ishlaymiz:

  • xatlar;
  • posilkalar;
  • hujjatlar;
  • yuklar;
  • bukletlar;
  • tashrifnomalar;
  • flayerlar;
  • biznes takliflar.

Zamonaviy biznes sharoitida deyarli har bir tashkilot, muassasa yoki shaxsga hujjatlar va boshqa buyumlarni kuryer orqali ishonchli etkazib berish muhimdir. Chunki, muhim hujjatlarning internet orqali yuborilishi jarayonida unga zarar etkazilishi, xakerlar tomonidan hujjatlar o’g’irlanishi mumkinligi, shuningdek ishlarni ro’yxatga olishda dastlabki asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi bilan bog’liqdir.

Barcha etkazib berish shartlari mijoz bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi sababli, “Toshkent pochtamti” filiali mijozlari ushbu etkazib berish muntazammi yoki bir martalik bo’lishidan qat’iy nazar, yozishmalarning xavfsizligi va o’z vaqtida etkazili uchun xotirjam bo’ladi.

“Toshkent pochtamti” filialining kuryerlik xizmati ko’p yillar davomida jo’natmalarni o’z vaqtida etkazib berishi va ish printsipi orqali o’z o’rniga ega bo’ldi.

“Toshkent pochtamti” filiali kuryerlik xizmatining yana bir muhim afzalligi mijozlarga doimiy ravishda qulay narxlarni (muntazam ravishda xizmat ko’rsatilganda) va keng ko’lamli xizmatlarni taqdim etadi. Masalan, yozishmalarni ko’rsatilgan joyga etkazib berish, qulay vaqtlarda etkazib berish, hisobot shakli, jo’natmalarning o’lchami va hajmlari.
Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq