O‘zbekistonda turizm sohasiga AKT ni joriy qilish uchun imtiyozlar berildi
06.02.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonda turizm va elektron tijoratni rivojlantirish sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish maqsadida quyidagilar nazarda tutilgan:

— 2018-yilning 1-yanvaridan e’tiboran turizm mahsulotlarini sotish va/yoki turizm xizmatlarini onlayn bron (band) qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliqqa solinadigan bazasi elektron xizmatlarni, jumladan, elektron to‘lovlar, bron (band) qilish, ekvayring va boshqa xizmatlarni, shuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi ixtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi;

— jamoat joylarida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlagan holda tegishli sifatdagi ulanishni ta’minlashlari lozim;

— o‘z hududida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) o‘rnatgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasi, shu jumladan, yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bazasi tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytiriladi;

— jamoat joylarida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bunday hududlarni tashkil etgan joylarda 18 kv.m.dan ortiq bo‘lmagan o‘lchamdagi reklama banneri yoki romlarini o‘rnatish huquqi beg‘araz asosda va mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatlarini olmasdan taqdim etiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq