Pochta markalarida aks etilgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov ulug‘vor siymosi
04.02.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bizning zaminimizda azaldan buyuk shaxslar tavallud topib o‘z vatani tarixining eng yorqin va shonli sahifalarini boyitgan va jahonga tarannum etgan. Buyuk sohibqiron Amir Temur bobomiz, shoir va mutaffakir Alisher Navoiy, ulug‘ ajdodlarimiz Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek nomlari hamisha xalqimiz qalbidadir.

Bugungi kunda ular qatoriga O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qo‘shildi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston xalqi mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlarni haqli ravishda uning nomi hamda faoliyati bilan bog‘laydi.

O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbara majmuasining ochilishiga bag‘ishlangan marosimidagi so‘zida ta’kidlanganidek: «Vatan uchun, xalq uchun butun borligini baxsh etgan, o‘zini ayamasdan, fidokorona xizmat qilgan ulug‘ zotlarga yuksak ehtirom ko‘rsatish bizning mamlakatimizda doimo birinchi o‘rinda turishi, kerak bo‘lsa, hayotimiz qoidasiga aylanishi zarur.”

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga Islom Karimov hayoti va serqirra faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari klyasserini chop etilishi kiritilgani O‘zbekiston pochta xizmati mutaxassislari ustiga katta mas’uliyat yukladi.

Ushbu o‘ziga xos loyihani amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJ qoshidagi “O‘zbekiston markasi” filiali xodimlari va 30 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ijodiy guruh tomonidan qo‘shma reja – “yo‘l xaritasi” – ishlab chiqarildi.

Ijodiy guruh diqqat-etibori I.Karimovning buyuk va tarixiy ahamiyatga molik faoliyati marralarini pochta markalarida aks ettishga qaratildi.

v

Pochta markasi eskizi uchun olingan fotosuratlar sinchiklab saralandi. Ushbu jarayonda arxiv fotohujjatlarni saralash va klyasserni badiiy bezatishda yordami va o‘z g‘oyalarini taklif etgan Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimovaga chuqur minnatdorligimizni izhor qilamiz.

2018 yil 30 yanvar kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlangan pochta markalari klyasseri O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi. Ishonchimiz komilki, ushbu klyasser nafaqat filatelistlar diqqatini o‘ziga tortadi, balki yosh avlodimizni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan etuk inson bo‘lib etishlariga, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlanishiga asos yaratib beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq