Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi mantiqiy arifmetika bo‘yicha olimpiada g‘olibi bo‘ldi
03.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Mirmuhammad Mirhamidov mantiqiy arifmetika bo‘yicha Xalqaro onlayn olimpiada chempioni bo‘ldi.

«Zukkolar laboratoriyasi» onlayn olimpiadada Yaponiya, Xitoy, Hindiston va O‘zbekiston kabi bir qator davlatlardan yoshlar ishtirok etdilar. O‘zbekistanlik o‘quvchilar mental arifmetika olimpiadasida faxriy o‘rinlarni egalladilar.

Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o‘quvchisi Mirmuhammad Mirhamidov olimpiadada birinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.

2018-yil 2-fevral kuni Mirmuhammad Mirhamidovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Amirulla Abdullayev olimpiada chempioniga sertifikat topshirdi.

Ushba tadbir doirasida maktab o‘quvchilari O‘zbekistonda nisbatan yangi hisoblangan mental arifmetika bo‘yicha mahorat darslarida ham ishtirok etdilar.

Ixtisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14- sentabrdagi «Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3274-son Qarori asosida tashkil etildi. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari davlat umumiy o‘rta ta’lim standartlari asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtiriradilar. Maktabning nizomiga ko‘ra, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq