KOICA O‘zbekiston startaplarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi
03.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrifning maqsadi – Savdo-sanoat palatasining 2019 yilga mo‘ljallangan “O‘zbekiston startaplari salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslar” nomli salohiyatli loyihalari bo‘yicha dastlabki tadqiqotlarni o‘tkazish hamda biznes hamkorlar, shu jumladan “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi va uning rezidentlari bilan munosabatlarni o‘rnatishdir.

Mahalliy startap ekotizimini rivojlantirishga mutaxassislarning Janubiy Koreyadan jalb etilgani strategik asoslangandir, negaki ushbu mamlakat, Bloomberg agentligiga ko‘ra, so‘nggi yillar ichida “50 ta eng innovatsion davlat” reytingini boshqarib kelmoqda. Reyting tuzilishida ekspertlar tomonidan ilmiy-texnik tadqiqotlar va (R&D) ishlanmalariga sarf qilinayotgan harajatlar, yuqori texnologiyalarni jalb etish darajasi, oliy o‘quv ta’limining keng tarqalishi va patentlar sohasidagi faollik hisobga olinadi.

MUICda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davlat va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro hatti-harakatlari, shuningdek, yangi biznes yo‘nalishlari va ilg‘or texnologik salohiyati bor startaplarni qo‘llab-quvvatlashdagi Janubiy Koreya tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi. Uchrashuvda Agentlik Bosh shtabidan boshqaruv menejeri Li Sang Gip, Soxo Koreya ko‘maklashish assotsiatsiyasi prezidenti hamda Rehoboth Business Incubator Ltd. direktori Park Kvan Xo, O‘rta va kichik biznes Institutining ilmiy xodimi Nam Yun Xa, Fan va texnika sohadagi siyosiy institutning ilmiy xodimi Park Chan Su, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va MUIC vakillari ishtirok etishdi. Unda “O‘zbekiston startaplari salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslar” loyihasining maqsad va vazifalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunda koreyalik mutaxassislarga asosiy o‘rin belgilangan. Ular tomonidan loyiha amalga oshirilishida iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari va investitsion salohiyati tahlil qilinib, startaplar ekotizimini to‘liq yaratishgacha bo‘lgan barcha bosqichlar nazorat qilinadi, shuningdek, investitsiyalarning jalb etilishi va iqtisodiyot, boshqaruv hamda marketing sohalarida kadrlarni qayta tayyorlashga amaliy yordam ko‘rsatishlari rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, KOICA delegatsiyasi MUIC rezidenti hisoblangan va FinTech asosida dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi “SSP-Maroqand” kompaniyasi ofisiga ham tashrif buyurdi. Amalga oshirilgan eng yaxshi loyihalardan biri — UPAY universal elektron to‘lovlar xizmatidir.

— Bizning uchrashuv ko‘proq tanishtiruv maqomiga ega bo‘lib, biz elektron tijorat bo‘yicha o‘z ishlanmalarimizni, CRM, ERP va biznesning onlayn ro‘yxatga olinishini namoyish etdik, — dedi kompaniya direktori o‘rinbosari Behzod Botirov. – “Startap tashabbuslar” loyihasida biznes-maslahatchi sifatida ishtirok etgan o‘z tajribamiz bilan bo‘lishdik. Bizda salohiyat bor, ammo ko‘pgina startapchilarimizda loyihalar faqatgina g‘oya holatida bo‘lib, o‘zida innovatsion qarorlarni mujassam etmagan holda, ularni amalga oshirish uchun pul topishga bog‘lanib qolgan. Tashqaridan yordam berish juda foydali bo‘lib, agar loyiha amalga oshirilsa, biz biznes-maslahatchi va hamkorlar sifatida ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Qayd etish joizki, “O‘zbekiston startaplari salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslar” loyihasini amalga oshirish 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq