Singapur tajribasini o‘rganish davom etmoqda
03.02.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018 yilning 22-26 yanvar kunlari Singapurda “Elektron hukumat tarkibidagi yetakchilik” mavzusida o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv dasturi Singapur hamkorlik dasturi hamda Singapurning elektron hukumat sohasidagi yetakchilik markazi tomonidan tashkillashtirilgan. Ushbu o‘quv dasturida “Elektron hukumat” markazi departament boshlig‘i Rustamxo‘ja Ishanov o‘z bilim va malakasini xorijiy davlatlar tajribasi asosida oshirib qaytdi.

Jumladan, o‘quv dasturi tinglovchilari uchun “Raqamli iqtisodiyot”, “Tabiat ichra shahar”, “Strategiya va rejalashtirish”, “Kiber xavfsizlikni ko‘rib chiqish” va “Aqlli transport” mavzularida ma’ruza va va taqdimotlar namoyish etildi.

1 fevral kuni ushbu o‘quv dasturida olingan bilim va ko‘nikmalarini R.Ishanov Markaz xodimlari bilan o‘rtoqlashish maqsadida seminar-trening tashkillashtirildi. Seminarda xodimlar Singapurning elektron hukumat sohasida erishgan yutuqlari, ilg‘or texnologiyalari va yirik loyihalari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, 28 ta davlatdan tashrif buyurgan tinglovchilarning o‘z davlatlaridagi tajribalari haqida ham fikr almashildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq