O‘zbekistonda keng ko‘lamli «Xavfsiz shahar» loyihasi amalga oshirilmoqda
01.02.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-3245-son qaroriga muvofiq, «Xavfsiz shahar» tizimlarini yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlarni amalga oshirish dasturi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati tahririyatimizga mazkur loyiha qanday amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berdi.

«Xavfsiz shahar» kompleksining asosiy vazifasi: aholini va hududlarni tabiiy va texnogen tabiiy ofatlardan himoya qilish, jamoat xavfsizligi, huquq-tartibot, yong‘in, yo‘l va ekologik xavfsizlik bilan ta’minlash, shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jaligi va shahar miqyosidagi boshqa obyektlarni boshqarish sohasidagi muammolarni hal qilish, shu jumladan, avtomatlashtirilgan tizimlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishdan iborat.

«Xavfsiz shahar» tizimi mazmun-mohiyatiga ko‘ra – bu mavjud avtomatlashtirilgan vositalar va istiqbolli respublika, viloyat, hududiy va obyektli avtomatlashtirilgan tizimlarning mahalliy darajadagi avtomatlashtirilgan tizimlaridan iborat majmua (kompleks)lari jamlanmasi bo‘lib, aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatdagi muammolarni hal etish, favqulodda holatlardan himoya qilishni ta’minlash sohasida birlashtiriladi.

Jamoatchilik xavfsizligini, huquq-tartibot va yashash joylari atrof-muhiti xavfsizligini ta’minlash uchun, shuningdek, shaharda turar-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarini va shahar miqyosida boshqa tarmoqlar obyektlarini, ular bilan hamkorlik qiluvchi boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqarishni ta’minlaydi.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda texnik ishlar (vosita va uskunalarni o‘rnatish, telekommunikatsiya infratuzilmasini qurish va boshqalar) amalga oshiriladi.

«Xavfsiz shahar» tizimini qurish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish va resurslar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va viloyatlar, tumanlar budjetlari, shuningdek, «Xavfsiz shahar» tizimini qurish va rivojlantirish uchun ajratilgan hamda jalb etilgan budjetdan tashqari manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Bugungi kunda tasdiqlangan «Xavfsiz shahar» tizimini yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar dasturi doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

  • «Xavfsiz shahar» tizimini yaratish va yanada rivojlantirish konsepsiyasining birinchi tahriri ishlab chiqildi va tasdiqlandi
  • Doimiy ravishda, axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash va oldini olish sohasida xalqaro tajribalarni o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida «Xavfsiz shahar» tizimini samarali joriy etish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy, geografik joylashuvi, demografik va ekologik vaziyatning xususiyatlarini hisobga olish zarur.
  • Tasdiqlangan konsepsiyaga muvofiq «Xavfsiz shahar» yagona apparat-dasturiy kompleksini qurish va yaratishdan maqsad – Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati, shuningdek, boshqa vazirlik hamda idoralarning favqulodda ekspluatatsiya xizmatlari navbatchi-dispetcherlik xizmatlariga kelib tushuvchi jinoyat va hodisalar yuzasidan hisobotlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish uchun axborot tizimlarini yagona «112» navbatchi-dispetcherlik xizmatiga birlashtirish va avtomatlashtirish bo‘lib hisoblanadi.

Mazkur konsepsiyani amalga oshirish 3 bosqichda amalga oshiriladi:

— Birinchi bosqich (2017 – 2019 yillar):

  • Mavjud «101», «102», «103», «104» xizmatlari va Toshkent shahridagi boshqa navbatchi-dispetcherlik xizmatlari tizimlarining qismlarini modernizatsiya qilish va integratsiyalash;
  • veb-interfeys va axborot almashinuvini qo‘llab-quvvatlanishi asosida Toshkent shahri geoaxborot tizimlarini ishlab chiqish;
  • «Xavfsiz shahar» tizimining tarkibiy qismlari – sinov loyihalarini amalga oshirish.

— Ikkinchi bosqich (2019 – 2021 yillar):

  • O‘zbekiston Respublikasining katta shaharlarida mavjud Ichki ishlar organlari, tezkor yong‘inga qarshi, qutqaruv, tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatish tizimlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, video kuzatuv, huquqbuzarlikni aniqlash, obyektlarni himoya qilish, tezkor javob berish va mumkin bo‘lgan tahdidlarning oldini olish tizimlari tarkibiy qismlarini «112» yagona xizmatiga modernizatsiya qilish va integratsiyalashdan iborat.


— Uchinchi bosqich (2021 – 2023 yillar):

  • «Xavfsiz shahar» tizimlarini yaratish tajribasini Respublikaning boshqa mintaqalari hududlarida joriy etish.

Samarqandda sinov loyihani amalga oshirish

Bugungi kunda Samarqand shahrida vazirlik va idoralar malakali mutaxassislaridan iborat bo‘lgan «112» yagona raqami favqulodda ekspluatatsiya xizmatlarini chaqirish tizimini joriy etish bo‘yicha sinov loyihani amalga oshirish uchun idoralararo ishchi guruhi tuzilgan.

Samarqand shahrida «112» tizimini yaratish doirasida amal qilib turgan avtomatlashtirish obyektlarining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini (markaziy dispetcherlik xizmatlari, MDX) o‘rganish amalga oshirildi. O‘rganish quyidagi idoralarda olib borildi:

— Samarqand shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi;
— Samarqand shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi;
— Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi;
— Samarqand viloyati gaz ta’minoti hududiy filiali;
— Samarqand shahar favqulod vaziyatlar boshqarmasi.

O‘rganish natijalariga muvofiq, yuqorida sanab o‘tilgan xizmatlar, shu jumladan, mavjud axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining tegishli amal qilish jihatlari belgilandi.

Toshkent shahrida loyihaning amalga oshirilishi

Axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarida foydalaniluvchi vakolatli vazirliklar va tegishli amal qilib turgan axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi avtomatlashtirish obyektlari idoralari, binolar va inshootlari tezkor navbatchi-dispetcherlik xizmatlari, qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash navbatchi-dispetcherlik yagona markazlarining faoliyatlari tahlili amalga oshirildi.

Xususan, quyidagi idoralarning faoliyati o‘rganildi:

— Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi;
— Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi;
— Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi;
— Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi;
— Toshkent shahar hokimining qutqaruv xizmati boshqarmasi;
— O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi (Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi);
— Toshkent shahar shoshilinch tibbiy yordam xizmati;
— «Toshkentshahargaz» filialining tezkor dispetcherlik xizmati;
— «O‘ztransgaz» AK O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Inqirozga qarshi vaziyat Markaziy boshqarmasi (Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi);
— Shoshilinch tezkor tibbiy yordam xizmati;
— «O‘ztransgaz» AK «Toshkentshahargaz» filialining Avariyaviy-dispetcherlik xizmati.

«Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida faqatgina Toshkent shahrida 16 mingdan ortiq videokameralarni o‘rnatish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari va favqulodda vaziyatlar markazlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidagi Sirg‘ali 6A bloki (yangi binolar) hududida sinov loyihasi ishga tushirildi, u yerda 104 ta videokameralar o‘rnatildi.

Shuningdek, Toshkentda Uy-joy egalari Uyushmalari tomonidan mahalla va mahallalarda videokameralarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Kelgusida ushbu kameralar ma’lumotlari «Xavfsiz shahar» apparat-dasturiy kompleksi bilan mujassamlashtiriladi. «Xavfsiz shahar» loyihasi ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va vaziyat markazlarini yaratishni nazarda tutadi. Ma’lumot markaziga kirish Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi kabi boshqa tegishli vazirliklar va idoralar foydalanish uchun ochiq bo‘ladi.

Oddiy fuqarolar uchun «Xavfsiz shahar»

Loyiha doirasida jamoat transportida aholining xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi texnik va tashkiliy yechimlarni tashkil etish rejalashtirilgan:

  • jamoat transporti logistikasini boshqarish imkoniyati;
  • transport oqimlarini modellashtirish;
  • real vaqt rejimida yo‘l harakati videokameralari, datchiklar va kontrollerlardan kelib tushadigan ma’lumotlarga asosan yo‘l holatining dinamik prognozini berish;
  • shahar xaritasida vizualizatsiya qilingan yo‘llardagi voqealarni (voqelikni) geologik joylashtirish va qayd qilish.

Videokuzatuv kameralaridagi ma’lumotlar Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida saqlanadi. Zarur bo‘lsa, fuqarolar, ichki ishlar organlariga tegishli so‘rovlarni rasmiylashtirishda kerakli materiallarni olishlari mumkin.

Yo‘l-transport hodisasiga duch kelgan haydovchi, zarur bo‘lganda, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan tegishli so‘rovlarni rasmiylashtirishi shart.

Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda mavjud huquq-tartibot, yo‘l harakati hodisalarining oldini olishni ta’minlash uchun Toshkent shahri boyicha 280 ta chorrahani amal qilib turganlariga qo‘shimcha foto-videokameralar bilan jihozlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, datchiklar, videokuzatuv kameralari va videoqayd etish kameralari va boshqa ilg‘or texnologiyalar yordamida «Xavfsiz shahar» tizimini yanada rivojlantirish doirasida yaratilgan avtomobillarning to‘xtash joyi uchun ixtisoslashtirilgan – «Intellektual to‘xtash joyi» tizimi ham ishlab chiqilmoqda.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining «Xavfsiz shahar» tizimini yaratish konsepsiyasida, yuridik va tashkiliy-texnik mexanizmlarida ko‘rsatilgan vazifalarni kelgusida amalga oshirish uchun jamoatchilik xavfsizligiga tahdid soluvchi zamonaviy xavf-xatarlarga tezkor va samarali ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Shu bilan birga, ushbu tizimni shakllantirishda nafaqat davlat idoralari, balki fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar faol ishtirok etishlari shart.

Gallup kompaniyasi tomonidan tayyorlangan «Jahon qonun va tartibotning jahon indeksi»ga muvofiq, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi, dunyoning 135ta mamlakatidan ikkinchi o‘rinni egalladi. Indeks o‘z yashash joylarida jinoyatchilik darajasi va mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining ishonchliligi bo‘yicha aholidan olingan so‘rovlar asosida tayyorlandi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq